Qarshi tumani IIB HPB TP profilaktika inspektori leytenant F.M.Bo`rievni ijtimoiy tarmoqlar orqali O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo`llagan murojaati yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
"Leytenant Bo`riev Feruzjon Murodullaevichni fuqarolarga tan jarohati etkazganligi bo`yicha Qarshi tuman prokuraturasining “Xizmat tekshiruvi o`tkazish haqida”gi taqdimnomalari hamda fuqarolar N.E va G.Rlarning murojaatlarida ko`rsatilgan holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazish davomida quyidagilar aniqlangan:
-fuqaro B.Tni milisiya tayanch punktida “Feruz” ismli profilaktika inspektori uni hech bir sababsiz urib, tan jarohati etkazganligi yuzasidan qilgan og`zaki murojaatida keltirilgan vajlar yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro B.Tga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanganligi;
-fuqarolar N.M, K.S, M.P, S.Tlarning murojaatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlarini to`laqonli olib bormay, qonuniy qaror qabul qilmasdan, 2-3 oy mobaynida asossiz ravishda saqlab kelganligi;
-fuqaro G.R bilan telefon orqali bo`lib o`tgan so`zlashuvda leytenant F.Bo`riev unga nisbatan nosamimiy munosabatda bo`lganligi;
-fuqarolar bilan doimiy ravishda qo`pol munosabatda bo`lib, bo`lim rahbariyati tomonidan o`tkazilgan tarbiyaviy-profilaktik suhbatlardan o`ziga etarli darajada xulosa chiqarmaganligi;
-leytenant F.M.Bo`riev xizmatda yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun, Qashqadaryo viloyati IIB ma`sullari tomonidan kelgusida xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan taqdirda ichki ishlar organlaridan bo`shatilishi bo`yicha rasmiy ogohlantirilganligi.
Xizmat tekshiruvi yakunida yuqoridagilarga asoslanib, leytenant F.M.Bo`rievni xizmat intizomini qo`pol ravishda buzganligi uchun Ichki ishlar organlaridan bo`shatish yuzasidan taklif kiritilgan va Qashqadaryo viloyati IIB boshlig`i tomonidan tasdiqlangan. Ichki ishlar vaziri o`rinbosarining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Qashqadaryo viloyati IIB ixtiyorida qoldirilgan.
2020 yil 12 mart kuni fuqaro J.A o`ziga teshili bo`lgan avtomashinasi jarima maydonidan chiqarib berish evaziga leytenant F.M.Bo`rievga pora tariqasida 1.800.000 so`m pullarni bermoqchi bo`lgan vaqtida xodimning tashabbusi bilan fuqaro ushlangan bo`lsada, leytenant F.M.Bo`rievning harakatdagi intizomiy jazosi mavjudligi sababli, xodim rag`batlantirilmagan" deyiladi xabarda.






