AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida yangi rahbarlar tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida yangi rahbarlar tayinlandi, bu haqda Vazirlik axborot xizmati xabar beradi.

O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirining buyrug`iga ko`ra, A`zam Abduaxatovich Ibodullaev vazirlikning Sanitariya epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Sog`liqni saqlash vazirligining 19 yanvarda bo`lib o`tgan selektor yig`ilishida Respublika onkologiya ilmiy markazining yangi rahbari tayinlanganligi to`g`risida e`lon qilindi.

Ushbu lavozimga avval Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga rahbarlik qilgan Mirzag`olib Nigmatovich Tillyashayxov tayinlandi.

 

    Boshqa yangiliklar