AsosiyJamiyat

“O`zbekiston temir yo`llari” 2015 yilda 20,7 mln. yo`lovchini o`z manziliga etkazdi

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda 2015 yil yakunlari muhokama qilinib, tizim oldidagi muhim ustuvor vazifalar va amaldagi investisiya dasturlari yuzasidan bajariladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yili O`zbekiston temir yo`llarida yo`lovchi aylanmasi hajmi 3793 mln. yo`lovchi-km.ni tashkil etib, 20,7 mln. yo`lovchi o`z manziliga etkazildi. Temir yo`l stansiyalaridan 67,7mln. tonna yuk tashildi. Eksport xizmatlari ko`rsatkichi 347,7 mln. AQSh dollarni tashkil etgan. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Sanoat korxonalarida 388,2 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Aholiga pullik xizmat ko`rsatish turlarini ko`paytirishga katta ahamiyat berilib, 2015 yilda bu ko`rsatkich 323,8 mlrd. so`mni tashkil etdi. Kompaniyada moliyalashning barcha manbalari hisobidan 17 ta loyiha bo`yicha, jami 755,16 mln. AQSh dollari miqdorida mablag`lar o`zlashtirilganligi aytib o`tildi.

Quyuv mexanika zavodida 2015 yilda yangi 50 ta yopiq hamda 278 ta yarim ochiq vagoni shlab chiqarildi. Andijon mexanika zavodida 4 o`qli yangi vagon sisternalarini ishlab chiqarish davom ettirildi.

Xisobot davrida 50 dona yangi vagon-sisterna va 272 yarim ochiq vagon ishlab chiqarilgani qayd etildi.

Shuningdek, yig`ilish davomida aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga oid boshqa bir qancha masalalar ham atroflicha muhokama etilib, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar