AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

'Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug`i bilan Xolmatov Komil Turniyazovich Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi, deya xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

 Komil Xolmatov 1966-yilning 7-mayida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug`ilgan. O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamda Respublika pedagogika ilmiy tekshirish instituti (aspirantura)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasida boshlagan. So`ngra Respublika Baynalminal madaniyat markazi ish boshqaruvchisi, Xalq ta`limi vazirligi O`zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tashkiliy va kadrlar bo`limi boshlig`i, O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti o`qituvchisi, sportning qishki va murakkab texnik turlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi yo`riqchi-uslubchisi, 2018-yildan sportning qishki va murakkab texnik turlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, 2020-yil 1-iyundan esa Suv sporti turlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Komil Xolmatovga mas`uliyatli lavozimda omad tilaydi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar