Bu haqida O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Kurmanov Xarkov milliy radioelektronika universiteti rektori Valeriy Semens bilan uchrashuvda ma`lum qildi.
Muzokaralarning asosiy mavzusini O`zbekiston oliy o`quv yurtlari va Xarkov universiteti o`rtasida hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish masalalari tashkil qildi.
O`zbekistonda Xarkov milliy radioelektronika universiteti filialini ochish, qo`shma ilmiy va ta`lim loyihalarini birgalikda amalga oshirish, professor-o`qituvchilar o`rtasida tajriba almashish uchun interfaol mahorat darslarini tashkil etish masalalari bo`yicha takliflar bildirildi.






