AsosiyJamiyat

Avstriya kompaniyasi Bo`stonliq va Zominga dor yo`li qurishni rejalashtirmoqda

'Avstriya kompaniyasi Bo`stonliq va Zominga dor yo`li qurishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Avstriyaning Doppelmayr kompaniyasi Toshkent viloyatining Bo`stonliq va Jizzax viloyatining Zomin tumanlarida dor yo`li (kanatnaya doroga) qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Jizzax viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qildi.

Joriy yilning 25 noyabr kuni Doppelmayr’ning texnik mutaxassislari Bo`stonliq va Zomin tumanlarida bo`lib, joylarda dor yo`llarini qurish imkoniyatlarini o`rganishgan. Rejaga ko`ra, Zominda ikkita gondol-kreslo tipidagi dor yo`li hamda tog`-chang`i trassalariga xizmat ko`rsatish uchun uchta ko`taruvchi moslama quriladi.

 Ma`lumot berilishicha, Avstriyaning Doppelmayr kompaniyasi dor yo`llarini qurish va ularni kreslo ko`tarmalar va gondollar bilan jihozlashga ixtisoslashgan. Shuningdek, kompaniya Kitsbyuel (Avstriya), Koblens (Germaniya) va Uistler-Blekkomb (Kanada)da uch dorli 3S gondollarni ishlab chiqarish bo`yicha birinchi bo`lgan. U shuningdek, ko`tarmalarda isituvchi kreslolar kabi qator innovasion mahsulotlar bozorida ham faol ekanligi aytilmoqda..

 

 

    Boshqa yangiliklar