AsosiyJamiyat

Toshkentdagi korxonada gazning sizib chiqishi natijasida yong`in kelib chiqdi. Ishchilarning bir guruhi kuygan

'Toshkentdagi korxonada gazning sizib chiqishi natijasida yong`in kelib chiqdi. Ishchilarning bir guruhi kuygan'ning rasmi

Joriy yilning 27 noyabr kuni soat chamasi 12:00 da Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan “Texnokontinental” MChJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong`in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada voqea joyida ishlayotgan korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Voqea joyiga yong`inga qarshi kurashish xodimlari etib borguniga qadar korxona xodimlarning sa`y-harakatlari bilan yong`in bartaraf etilgan.

Jarohat olgan xodimlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga joylashtirilganligi ma`lum qilindi.

Ayni paytda hodisa ro`y bergan joyda vaziyatni o`rganish va bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosari boshchiligida tuzilgan respublika ishchi guruhi faoliyat olib borayotgani aytilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar