Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig`i Muhammadzokir Mamatxonov aytishicha, xususiy bandlik agentliklaridan jabr ko`rgan fuqarolarning pullarini undirish bo`yicha sud hukmi e`lon qilinganidan so`ng Majburiy ijro byurosi zimmasiga sud hukmi ijrosi yuklatiladi.
" - Vakolatli organ — MIB hisoblanadi. MIB tomonidan tegishli bandlik agentligi hisob-raqamidagi mavjud mablag`lar, mol-mulklari sotuvga qo`yiladi.
Bu pullarni jamlagan holda, mutanosib ravishda jabrlangan har bir fuqaroga pullarini qaytarish choralari ko`riladi», dedi mas`ul.






