AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatida piyodalar o`tish joylari tepasi chiroqlar bilan yoritilmoqda

'Qashqadaryo viloyatida piyodalar o`tish joylari tepasi chiroqlar bilan yoritilmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani hududida joylashgan piyodalar o`tish joylari yangicha ko`rinishda chiroqlar bilan jihozlanmoqda. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi. 

Tunda piyodalar ishtirokida sodir etilishi mumkin bo`lgan yo`l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida, mazkur ish olib borilmoqda. Kelgusida bu kabi yoritish chiroqlari viloyatning barcha shahar va tumanlariga, ayniqsa, sun`iy yoritilmagan yo`llarga o`rnatilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar