AsosiyJamiyat

Farg`onada kuchli shamol kuzatilmoqda. IIB fuqarolardan uydan chiqmaslikni so`rayapti

'Farg`onada kuchli shamol kuzatilmoqda. IIB fuqarolardan uydan chiqmaslikni so`rayapti'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB fuqarolarni  ogohlantirmoqda.

"Ayni damda viloyatimizda ob-havoning noqulayligi, kuchli shamol oqimi vujudga kelganligi sababli o`zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrash uchun tashqariga chiqmasdan uyingizda qolishingizni so`raymiz.

Keksa daraxtlar va nobop qurilmalar, bino va inshootlar yonida turmang. Avtomashinangizni va qimmatbaho buyumlaringizni ana shunday joylarda qoldirmang.

Aks holda, shamol tufayli buyumlaringizga va o`zingizga jiddiy zarar etishi mumkin. Ogoh bo`ling!" deb yozadi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar