Ma`lumki, avgust oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilgan edi. Ayni kunlarda ushbu Yoshlar parlamentining ilk katta forumi o`tkazilmoqda. Forum 26-noyabrda start olgan bo`lib, bugun forumning uchinchi kuni.
Hozirda viloyatlardan kelgan Yoshlar parlamenti a`zolari Innovasion rivojlanish vazirligida mutaxassislar tomonidan tashkillashtirilgan master-klassda ishtirok etishmoqda. Forumning yopilish marosimi kechga yaqin Yoshlar ijod saroyida bo`lib o`tadi.






