AsosiyJamiyat

O`zbekiston o`z fuqarolarini Suriyadan qaytarish uchun yana bir operasiyani tayyorlamoqda

'O`zbekiston o`z fuqarolarini Suriyadan qaytarish uchun yana bir operasiyani tayyorlamoqda'ning rasmi

O`zbekiston delegasiyasi Suriya Arab Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, delegasiya tashrifi Suriyada qiyin ahvolga tushib qolgan respublika fuqarolari - ayollar va bolalarni O`zbekistonga qaytarish bo`yicha navbatdagi tadbirga doir tashkiliy masalalarini ishlab chiqish uchun amalga oshirildi.

«Fuqarolarimizni Vatanga qaytarish O`zbekiston Respublikasi hukumatining bevosita majburiyatidir. Ushbu maqsaddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida faqat insonparvarlik tamoyillariga tayaniladi», - deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekiston “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik aksiyalarini o`tkazgan, buning natijasida 220 nafar ayol va bola Yaqin Sharqdagi mojaro hududlaridan qaytarilgan edi.

    Boshqa yangiliklar