AsosiyJamiyat

Farg`onadagi to`yda yaltiroq chiroq-mayoqcha bilan jihozlanib, qator bo`lib harakatlangan avtomashinalar jarima maydonchasiga yo`l oldi (video)

'Farg`onadagi to`yda yaltiroq chiroq-mayoqcha bilan jihozlanib, qator bo`lib harakatlangan avtomashinalar jarima maydonchasiga yo`l oldi (video)'ning rasmi

Farg`ona viloyatida to`y marosimi kuni guruh-guruh bo`lib, boshqa haydovchilarga halaqit bergan holda harakatlangan, ayrimlari o`zboshimchalik bilan yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha bilan jihozlangan avtomobillar aks etgan video lavha ijtmimoiy tarmoqda tarqaldi. 

Video lavha o`rganildi va qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rildi, deya xabar berdi IIV YHXBB Axborot xizmati.

"Barcha haydovchilardan yo`l harakati qoidalariga amal qilishlarini, avtomobillarni ruxsat etilmagan turli moslamalar bilan jihozlamasliklarini, yo`llarda guruh-guruh bo`lib harakatlanmasliklarini so`rab qolamiz", deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar