AsosiyJamiyat

Noqulay ob-havoda yo`lovchilarga qulay bo`lishi uchun Qo`qonga qo`shimcha poezd qo`yildi

'Noqulay ob-havoda yo`lovchilarga qulay bo`lishi uchun Qo`qonga qo`shimcha poezd qo`yildi'ning rasmi

Respublikamizda kuzatilayotgan noqulay ob–havo sharoitida yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida 28 noyabrdan Toshkent-Qo`qon-Toshkent yo`nalishida 560/559- sonli  qo`shimcha poezd qatnovi yo`lga qo`yildi, deya xabar qilmoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ.

Xabarga ko`ra, bugun soat 18:30 da Toshkent shimoliy vokzalidan harakatini boshlaydigan 560-sonli yo`lovchi poezdi soat 23:05 da Qo`qon temir yo`l vokzaliga kirib boradi.  

29 noyabr kuni soat 0:46 esa 559-sonli poezd Qo`qon temir yo`l vokzalidan harakatini boshlab, shu kuni soat 05.00 da Toshkent shimoliy vokzaliga kirib keladi.

Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar