AsosiyJamiyat

Farg`onada " AKIS" negizida halqaro laboratoriya ishga tushiriladi

'Farg`onada " AKIS" negizida halqaro laboratoriya ishga tushiriladi'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vaziri J.Xodjaevning Farg`ona viloyatiga qilgan tashrifi chog`ida O`zbekistonda agrar sohani keng rivojlantirish, fan, ta`lim va ishlab chiqarishni integrasiyalash maqsadida, qishloq xo`jaligida bilim va innovasiyalar tizimi – "AKIS"ni tashkil etish yuzasidan o`z takliflarini bergan edi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Markaz zamonaviy uskunalardan foydalangan holda, tahliliy, sertifikasion va tadqiqot ishlarining bajarilishini ta`minlaydi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda akkreditasiyadan o`tkaziladigan xalqaro laboratoriyani ishga tushirish ko`zda tutilgan. Laboratoriya quyidagi vazifalarni bajaradi:

- qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, suv, tuproq va o`g`itni sinovdan o`tkazish;

- ilg`or xorijiy texnologiyadan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlari gigienasi va xavfsizligi ustidan nazorat o`rnatish;

- oziq-ovqat mahsulotlari importchi va eksportchilariga tahliliy xizmat turlarini taklif etish.

Markazda qoshida tashkil etilayotgan mazkur laboratoriya mamlakatimizda iste`molda bo`lgan va O`zbekistondan eksport qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini yaxshilash uchun ozuqa mahsulotlarini "ISO", "HACCP", " FSSC", "Global GAP", «Xalyal» singari 15 tadan ortiq xalqaro standartlari asosida sertifikatlaydi.

    Boshqa yangiliklar