2020 yil 29 noyabr coat 14:00 ga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 809 (+56) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
▪️Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar,
▪️Andijon viloyatida 3 nafar,
▪️Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
▪️Namangan viloyatida 8 nafar,
▪️Toshkent viloyatida 28 nafar,
▪️Toshkent shahrida 11 nafar,
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hozirda mamlakatimizda 2154 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






