AsosiyJamiyat

Nima uchun qurilish, sog`liqni saqlash, ta`lim, sud tizimi sohalari eng ko`p korrupsiya botqog`iga botgan hisoblanadi? Tanzila Narbaeva javob berdi

'Nima uchun qurilish, sog`liqni saqlash, ta`lim, sud tizimi sohalari eng ko`p korrupsiya botqog`iga botgan hisoblanadi? Tanzila Narbaeva javob berdi'ning rasmi

Oliy Majlisi Senati Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Narbaeva sputniknews'ga bergan intervsida O`zbekistonda korrupsiya bilan bog`liq holatlar, uning oldini olish va bu borada fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirish haqida so`z yuritdi. 

- Nima uchun qurilish, sog`liqni saqlash, ta`lim, sud tizimi kabi sohalar eng ko`p korrupsiya botqog`iga botgan sohalar hisoblanadi?

– Chindan ham ushbu sohalarda korrupsiya xavfi yuqori va buning sababi shundaki, aftidan ushbu sohalarda inson omili, boshqaruv tizimidagi, davlat xizmatini tashkil etishdagi kamchiliklar – haddan ortiq byurokratiya va ma`muriy to`siqlar va boshqa chiqimlar ko`proqdir. Shu munosabat bilan bunday omillarning ta`sirini nafaqat ushbu faoliyat sohasidagi ishlarda, balki boshqa faoliyat sohalarida ham kamaytirish zarur.

Ushbu masalalar qanday hal qilinayotganligiga ko`plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni byurokratik to`siqlarni kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan ishlarda hal qiluvchi qadam bo`ldi. Farmonga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 turdagi lisenziya va 35 ta ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat bekor qilinmoqda.

Elektron shaklda ko`rsatiladigan davlat xizmatlari ko`lamini kengaytirish bo`yicha ko`rilayotgan choralar korrupsiyaga qarshi kurashishning kuchli vositalaridan biriga aylandi. Shu nuqtai nazardan elektron hukumatni rivojlantirish muhimligiga urg`u bermoqchiman. Uning korrupsiyani kamaytirishdagi salohiyati hali etarlicha amalga oshirilmagan va shu sababli biz joylarda elektron hukumat faoliyati mexanizmidan foydalanishni kengaytirish bo`yicha ishlarni kuchaytirishimiz kerak.

Shu bilan birga, nafaqat yuqorida sanab o`tilgan sohalarda, balki davlat hayoti va faoliyatining boshqa sohalarida ham ayrim davlat organlari xodimlari huquqiy madaniyatining past darajasi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi tizimli sabablardan biri bo`lib, uni yo`q qilish uchun hali ko`p ishlar qilinishi kerak. Afsus bilan ta`kidlash joizki, ayrim davlat organlari xodimlarining huquqiy ongi korrupsiya jamiyatimiz hayotini buzadigan hodisa ekanini anglaydigan darajaga etmagan.

    Boshqa yangiliklar