AsosiyJamiyat

Farg`onada 24 yoshli ayol ikki yashar o`g`lini 1500 dollarga pullamoqchi bo`ldi. Bolaning otasi noma`lum

'Farg`onada 24 yoshli ayol ikki yashar o`g`lini 1500 dollarga pullamoqchi bo`ldi. Bolaning otasi noma`lum'ning rasmi

Farg`ona viloyati bo`yicha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda viloyat IIBning odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo`limi hamkorligida aynan farzandini sotish bilan bog`liq jirkanch jinoyat fosh etildi. 

Farg`ona shahrida yashovchi 24 yoshli G.S. ikki yoshli o`g`li Sh.T.ni 1500 AQSh dollariga sotishdek qabih reja tuzadi. Shu maqsadda o`zaro kelishuv asosida murg`ak bola uchun kelishilgan pulning 500 dollarini olayotgan vaqtda qo`lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, hali turmushga chiqmagan bu ayol fohishalik qilib yurib ushbu bolani tuqqan. Shu bois bolaning otasi kimligi ham noma`lum.

Ma`lumot uchun: 2020 yilning o`tgan davrida yurtimizda o`z farzandini sotish bilan bog`liq 23 ta holat kuzatilgan.

    Boshqa yangiliklar