AsosiyJamiyat

"Bir bor ekan, bir yo`q ekan..." Jurnalist xuddi shu zamonda o`zi bilgan hokim haqida hikoya qildi

'"Bir bor ekan, bir yo`q ekan..." Jurnalist xuddi shu zamonda o`zi bilgan hokim haqida hikoya qildi'ning rasmi

Bir bor ekan, ikki, uch, to`rt ham bor ekan. Xuddi shu zamonda bir hokim bor ekan, deya o`zi bilgan hokim haqida yozdi jurnalist Maqsud Jonixonov. 

"U qo`l ostidagilarga svetni o`chirlaring der ekan. Keyin o`zi ochgan telegram guruhda svetni o`chirganlarni urishib-urishib tashlarkan. Uning yozganlarini o`qigan aholi vakillari Ooooooo mana hokim, mana adolat der ekan. Hokim bu izohlarni o`qib oflaynga o`tib, xodimlariga endi svetni yoqinglar der ekan. Svet lip etib yonarkan, keyin aholi yana Oooooo deb yuborarkan. Hokim bundan kayf qilarkan. Kechroq gazni uzinglar derkan, ertalab suvni o`chiringlar derkan. Uning yosh bolasi borlar, qariyalar bilan mutlaqo ishi yo`q ekan. Uning uchun telegram kanalidagi kommentlar muhim ekan, xalqqa juda zarur bo`lgan narsani tez-tez uzib turarkan, va yana hamma dod desa, yana qo`shib qo`yarkan. Aslida, gazniyam, svetniyam, suvniyam uzib qo`ymasa bo`larkan. Lekin hokim kasal ekan. Shuni uzib, yana ularkan, odamlarning qiynalishini yaxshi ko`rarkan.

Mabodo pora olsa, o`sha kuni korrupsiyaga qarshi rolik ishlatarkan va uni ijtimoiy tarmoqqa qo`yarkan. Odamlariga aytib, meni maqtanglar, himoya qilinglar, der ekan. Shunday qilib bir guruh yollanganlar biz o`zimiz dars berishdan ko`ra dalada ishlashni yaxshi ko`ramiz, desa, boshqa guruh hokimimiz farishta bilan bir xil, faqat bitta farqi ketlarida .... bor deb ayyuhannos solarkan. Yana bitta, eng xavfli toifa esa o`zining almoyi-aljoyi gaplari, axmoqona xatti harakatlari bilan odamlarning nafratini qo`zg`atgan hokim haqida ko`rsatuv qilarkan.

U ko`rsatuvni ko`rib yana hamma ooooo derkan.

Shunaqamiz: ish natijasi 0 bo`lsayam, ooooo deyveramiz...

R/S Men o`zim bilgan hokim haqida yozdim. Agar sizning hududdagi hokim ham shunaqa bo`lsa, o`xshashliklar mutlaqo tasodif emas", deya yakunlangan hikoya.

    Boshqa yangiliklar