AsosiyJamiyat

Qozog`istonda ham O`zbekistondan yuborilgan pomidorlarda virus aniqlandi

'Qozog`istonda ham O`zbekistondan yuborilgan pomidorlarda virus aniqlandi'ning rasmi

Qozog`istonda O`zbekistondan yuborilgan pomidorlarda virus aniqlandi, deya xabar bermoqda mamlakat Qishloq xo`jaligi vazirligiga tayanib, «Sputnik Kazakhstan».

Qayd etilishicha, ushbu mamlakat Qishloq xo`jaligi vazirligi O`zbekistondan jo`natilgan pomidorni tomat mevalarining jigarrang burishgan virusi (Tomato brown rugose fruit virus – ToBRFV) bo`yicha tekshirmoqda.

Mazkur virusning inson hayotiga ta`siri haqida hozircha hech narsa aniqlanmagan, ammo u issiqxona xo`jaliklarida 30 foizdan 70 foizgacha hosilni yo`qotishga olib kelishi mumkin.

Ta`kidlanishicha, ToBRFV o`simliklar virusining yangi shtammi bo`lgani uchun O`zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. EOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas – Evrosiyo Iqtisodiy komissiyasi kengashining 2016 yil 30 noyabrdagi №158-sonli qarori bilan tasdiqlangan karantin ob`ektlarining yagona ro`yxatiga ToBRFV kiritilmagan.

    Boshqa yangiliklar