AsosiyJamiyat

Toshkentlik tadbirkor foydasiga 180 mln. so`m undirib berildi

'Toshkentlik tadbirkor foydasiga 180 mln. so`m undirib berildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Shayhontoxur tuman bo`limi ish yurituviga, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 19.10.2020 yil kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Golden story group” korxonasidan “O`zavtosanoatlizing” mas`uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 180.850.576 so`m qarz undirish yuzasidan ijro ishi  kelib tushgan. Bu haqda Darakchiga MIB xabar bermoqda. 

Shu kuni ijro ishi yurituvi qo`zg`atilgan.  Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning barcha bank hisob-raqamlariga nisbatan band solinib, inkasso topshiriqnomalari yuborilgan.  Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 16.11.2020 yil kuni qarzdor korxonaning bank hisob-raqamidan undiruvchi “O`zavtosanoatlizing” jamiyati foydasiga jami 180.850.576 so`m pul mablag`lari to`liq undirilib, ijro ishi yurituvi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga muvofiq ish yurituvi tamomlangan.

    Boshqa yangiliklar