Samarqand shahridagi “Afrosiyob Palace” mehmonxonasi ommaviy savdolarga chiqarildi. Shunisi diqqatga sazovorki, “Afrosiyob Palace” mehmonxonasining mulkiy majmuasi shahar markazida joylashgan sobiq mehmonxona majmuasi bo`lib, “Go`ri Amir” maqbarasi va “Amir Temur” xiyoboni ro`parasida, “Registon” maydonidan 400 metr masofada, Bibixonim masjididan 15 daqiqalik piyoda masofada joylashgan.
"Ahamiyatli jihati - Samarqand shahri turistik biznes bilan shug`ullanuvchilar uchun yirik bozor hisoblanadi. Bozor narxlarida baholangan 27 432 946 350,0 so`m miqdoridagi boshlang`ich sotib olish to`lovi bilan auksion o`tkazilishi belgilangan.
Hurmatli tadbirkorlar, Samarqanddagi “Afrosiyob Palace” mehmonxasining mulkiy majmuasini sotib olish savdolarida ishtirok etishga shoshiling! Savdolarda faol bo`ling hamda sayyohlik shahri bo`lgan Samarqandning markazidagi yirik mehmonxona mulkdoriga aylaning!
Auksion 7 dekabr kuni o`tkazaladi. Qo`shimcha ma`lumotni (+66) 233-73-54, (+66) 233-93-65, (+97) 579-70-08 telefon raqamlari, shuningdek, www.samdavaktiv.uz saytidan olishingiz mumkin.
Mehmonxona manzili: Samarqand shahri, Registon ko`chasi, 2a-uy.
Qurilish osti maydoni: 10195,3 kv.m, umumiy er maydoni: 1,88 ga", - deyiladi xabarda.






