AsosiyJamiyat

"Davlat organlari rahbarlarining lavozimida qolish yoki ketishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda". IIV ogohlantirish bilan chiqdi

'"Davlat organlari rahbarlarining lavozimida qolish yoki ketishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda". IIV ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

IIV Axborot xizmati rahbari Shohrux G`iyosovning ta`kidlashicha, oxirgi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda, alohida davlat organlarining rahbarlarini lavozimida qolish yoki ketish masalalarida tekshirilmagan va asossiz ma`lumotlarni tarqatish holatlari kuzatilmoqda.

" - Albatta, o`zini hurmatini bilgan har qanday ijod ahli, ommaga tarqatayotgan ma`lumotini tekshirilganligi yoki xech bo`lmaganda xolisligi xaqida qayg`uradi, lekin shu bilan birga so`z erkinligini “taltayishga” yoki “masxarabozlikka” aylantirishga urinayotgan fuqarolarni ham kuzatishimiz mumkin.  

Shu sababli, ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan oddiy etika qoidalariga rioya etishlarini hamda arzon piar ortidan quvishni bas qilishlarini so`raymiz", deydi matbuot kotibi.

 

 

    Boshqa yangiliklar