AsosiyJamiyat

Surxondaryolik o`qituvchilar mamlakat rekordini yangilashdi

'Surxondaryolik o`qituvchilar  mamlakat rekordini yangilashdi'ning rasmi

Surxondaryolik o`qituvchilar 17 soatda 136 kilometrlik masofani bosib o`tishdi va mamlakat rekordini yangilashdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimligi, tuman ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi hamda tuman jismoniy tarbiya va sport bo`limi hamkorligida o`ziga xos, ta`bir joiz bo`lsa supermarafon tashkil etildi.

Gap shundaki, professionallar o`rtasida o`tkaziladigan marafon musobaqasida ham atletlar 42 kilometr 195 metr masofani bosib o`tishadi. To`g`ri, buning uchun ular 3 soatdan ko`proq vaqt sarflashadi. Surxondaryoliklar esa bu masofani uch hissadan ziyodroqqa ko`paytirgan holda yugurish va sportcha yurish orqali bosib o`tishdi.

Kecha surxondaryolik marafonchilar «Denov-Termiz» yo`nalishi bo`ylab 136 kilometrlik masofani yugurish va sportcha yurish bilan to`liq bosib o`tish uchun startga chiqishgan edi. 

    Boshqa yangiliklar