AsosiyJamiyat

Sirdaryoning uchta hududga ilk bor ichimlik suvi bilan ta`minlandi

'Sirdaryoning uchta hududga ilk bor ichimlik suvi bilan ta`minlandi'ning rasmi

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida suv ta`minoti yo`nalishida olib borilgan bunyodkorlik ishlari natijasida mazkur hududlarga ilk marta markazlashgan ichimlik suvi va kanalizasiya tarmog`i kirib bordi. Bu haqda «O`zsuvta`minot» AJ xabar berdi.

Joriy yilning may oyida yuz bergan «Sardoba» suv omboridagi toshqin tufayli ushbu hududlar jiddiy talafot ko`rdi. Ana shu talafotni bartaraf etish hamda Sardoba-Oqoltin-Mirzaobodda suv ta`minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish maqsadida 16 ta ob`ektda ichimlik suvi va oqova suv tarmog`i, yangi inshootlar bunyod etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish belgilangan edi.

«O`zsuvta`minot»ga ko`ra, bugungi kunga qadar shu yo`nalishdagi ishlar deyarli yakunlangan. Jumladan,  ushbu hududlarda jami 89,9 km. masofada ichimlik suvi tarmoqlari, 6,9 km. masofada oqova suv tarmoqlari tortilgan. 6 ta ichimlik suvi inshooti, 11 dona oqova suv haydash inshooti qurildi, mavjudlari rekonstruksiya qilingan. Ayni kunlarda ham yana bir nechta suv inshootlarini bunyod etish ishlari davom etmoqda.

Natijada ushbu hududlarda yangi qurilgan ko`p qavatli va yakka tartibdagi uylar ichimlik suvi bilan ta`minlangan. Shuningdek, uzoq yillardan buyon ichimlik suvi va kanalizasiya muammosi qiynab kelayotgan qishloqlar, mahallalarda ham suv ta`minoti yaxshilanmoqda. Yangi xonadonlarga suv hisoblagichlari ham o`rnatib berilgan bo`lib, bu ortiqcha suv sarfining oldini olish va iste`molchilarda suvdan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar