AsosiyJamiyat

JIB Toshkent shahar sudi sudyasi, 2 nafar sudya yordamchilari va 6 nafar IIBB YHXB xodimlariga oid jinoyat ishi bo`yicha 11 dekabr kuni sud boshlanadi

'JIB Toshkent shahar sudi sudyasi, 2 nafar sudya yordamchilari va 6 nafar IIBB YHXB xodimlariga oid jinoyat ishi bo`yicha 11 dekabr kuni sud boshlanadi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar qildi...

Jinoyat kodeksining 167-moddasi va boshqa moddalari bilan ayblangan D.Sh. (jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining sudyasi lavozimida ishlagan), A.S. (jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining sudya katta yordamchisi vazifasida ishlagan), B.T. (Yashnobod tuman ma`muriy sudining sudya yordamchisi vazifasida ishlagan), I.H., A.T., Sh.M., B.A., T.H. va U.S. (Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari)ga oid jinoyat ishi hozirgi kunda jinoyat ishlari bo`yicha Zangiota tumani sudining ish yurituvida. Ushbu ishni ko`rish 2020 yil 11 dekabr kuni boshlanadi.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davrida aniqlangan 3 353 456 647 so`m moddiy zarardan 2 991 456 647 so`m qoplangan.

    Boshqa yangiliklar