AsosiyJamiyat

Dekabrda O`zbekistonda eng ko`p sotilgan kitoblar reytingi e`lon qilindi

«Yangi asr avlodi» nashriyoti marketologlari 2015 yil dekabr oyining kitobxonlar orasida eng ommalashgan kitoblar monitoringini taqdim etdi, deb  xabar beradi “Daryo” nashri .

Mazkur reyting «Yangi asr avlodi» nashriyoti tomonidan chop etilgan va respublika kitob do`konlarida hamda tashkilotlar tomonidan eng ko`p sotib olingan kitoblar asosida tuzilgan.

2015 yilning so`nggi oyida eng ko`p sotilgan kitob, bu «‘Kamolot’ kutubxonasi» ruknida chop etilgan jahon adabiyotining yirik namoyondasi Jonatan Svift qalamiga mansub «Gulliverning sayohatlari» asari bo`ldi. O`tgan oy davomida 2180 dona «Gulliverning sayohatlari» asari kitobxonlar javonidan o`rin oldi.

Ikkinchi o`rinda Astrid Lindgrenning «Mittivoy va Karlson» asari, uchinchi o`rinda esa Daniel Defoning «Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari» kitobi joy egalladi.

Dekabr oyida eng ko`p sotilgan kitoblar:

1. Jonatan Svift. «Gulliverning sayohatlari» — 2180 dona;
2. Astrid Lindgren. «Mittivoy va Karlson» — 2150 dona;
3. Daniel Defo. «Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari» — 2130 dona;
4. Antuan de Sent-Ekzyuperi. «Kichkina shahzoda» — 1930 dona;
5. Xudoyberdi To`xtaboev. «Peshonasiga televizor yopishgan bola» — 1783 dona;
6. Z.Zamonov, D.Zubatova. «Top-top-topishmoq» — 1500 dona;
7. Inglizcha-o`zbekcha lug`at — 1160 dona;
8. M.Hamidova. «Momomning sandig`i» — 985 dona;
9. G`afur G`ulom. «Shum bola» — 982 dona;
10. «Kenja o`g`il va botir» — 855 dona;
11. Xudoyberdi To`xtaboev. «Qasoskorning oltin boshi» — 825 dona;
12. Xudoyberdi To`xtaboev. «Besh bolali yigitcha» — 663 dona;
13. Xudoyberdi To`xtaboev. «Shirin qovunlar mamlakati» — 597 dona;
14. Xudoyberdi To`xtaboev. «Sariq devni minib» — 556 dona;
15. Xudoyberdi To`xtaboev. «Jannati odamlar» — 555 dona;
16. Tohir Malik. «Shaytanatning jin ko`chalari» — 553 dona;
17. Xudoyberdi To`xtaboev. «Mungli ko`zlar» — 530 dona;
18. Chingiz Aytmatov. «Oq kema» — 525 dona;
19. Artur Konan Doyl. «Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari» — 500 dona;
20. O`tkir Hoshimov. «Nur borki, soya bor» — 493 dona;
21. Janni Rodari. «Jelsomino yolg`onchilar mamlakatida» — 477 dona;
22. Yulian Semyonov. «Bahorning 17 lahzasi» — 451 dona;
23. Chingiz Aytmatov. «Asrni qaritgan kun» 435 dona;
24. Ernest Xeminguey. «Chol va dengiz» — 430 dona.

    Boshqa yangiliklar