AsosiyJamiyat

Peshko` tumaniga ham yangi hokim keldi

'Peshko` tumaniga ham yangi hokim keldi'ning rasmi

Xalq deputatlari Peshko` tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi.

Mazkur sessiyada Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig`i Qahhorov Vahob Hamidovich Peshko` tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Amrullo Nazarov viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinlanganligi sababli Peshko` tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Buxoro, Sherobod  va Jondor tumanlari hokimlari ham almashgandi. 

    Boshqa yangiliklar