AsosiyJamiyat

Ruslan Davletov: "Cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak, chunki cheklashga juda ustamiz"

'Ruslan Davletov: "Cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak, chunki cheklashga juda ustamiz"'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun Xalqaro press-klubda «Konstitusiya va qonunchilikda so`z hamda matbuot erkinligi. O`zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi.

Unda Adliya vaziri Ruslan Davletov ham so`zga chiqdi va so`z erkinligi masalasida qonunchilikning roli masalalariga to`xtaldi.

"Bir narsaga e`tibor qilish kerak, jurnalist va bloggerlar olayotgan davlat xaridlari to`g`risida yoki boshqa ma`lumotlar qaerdan chiqyapti? Davlatning o`zi shunga imkoniyat yaratib beryapti ya`ni ochiqlik siyosati, byudjetni qabul qilish jarayonlari ochiqligi natijasida byudjetning har bir parametrlari omma orasida keng muhokama qilinyapti. Huquq bor joyda chegara ham bo`lishi kerak, yashash huquqida chegara bo`lmasligi kerak, u eng oliy ne`mat. Boshqa huquqlarda ayrim chegaralar bo`lishi kerak. Bu dunyo bo`yicha tan olingan standart. Bugungi O`zbekiston sharoitida cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak deb o`ylayman, chunki cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni judayam zo`r uddalaganmiz. Endi o`ylaymanki, huquqni ta`minlash to`g`risida ko`proq gapirishimiz kerak. Ko`p qonunlar haqida gapirildi, biz mana shu o`zgarishlar jarayonida qandaydir qonunlarni qayta ko`rib chiqmadik, bu qonunlar bor edi. Ularning realizasiyasi, amalga oshirilishi yuz bergani uchun mana shu holatlar kuzatilyapti", - dedi Ruslan Davletov.

    Boshqa yangiliklar