AsosiyJamiyat

Pandemiya O`zbekiston aviasiya sohasiga qanday ta`sir qildi? «Uzbekistan Airports» mas`uli javob berdi

'Pandemiya  O`zbekiston aviasiya sohasiga qanday ta`sir qildi? «Uzbekistan Airports» mas`uli javob berdi'ning rasmi

AOKAda o`tgan brifingda ishtirok etgan «Uzbekistan Airports» AJ axborot xizmati rahbari La`lixon Sobirovaning ma`lum qilishicha, pandemiya sababli butun dunyo aviasiya sohasida yuzaga kelgan holat O`zbekiston aeroportlarida ham kuzatildi. 

Karantin cheklovlari joriy qilinishi oqibatida aviaqatnovlar butunlay to`xtagan. Yo`lovchilar oqimi keskin qisqargan. 

" Bu tabiiyki jahonda investisiyalar va sayyohlar oqimi kamayishiga olib keldi. Vaholanki, 2020 yilning 19-20 fevral kunlarida bo`lib o`tgan Xalqaro aviasiya ko`rgazmasi hamda forumida «Uzbekistan Airports» AJ 14 ta xorijiy aviakompaniya bilan 34 ta shartnoma, 15 ta memorandum imzolagandi, unda jami 142 ta aviaqatnovni amalga oshirish mo`ljallagan edi.

Tahlil natijalariga ko`ra, yo`lovchi va yuk aviatashuvlari bo`yicha O`zbekiston xalqaro aeroportlari 2019 yining 9 oyida salkam 6,5 mln yo`lovchiga xizmat ko`rsatgan, 2020 yilning xuddi shu davriga kelib esa, yo`lovchilar soni o`rtacha 1 mln 800 nafarni tashkil qilgan. 2019 yilda tashilgan yuk miqdori 51 ming 300 tonna bo`lsa, 2020 yilning mos davrida bu ko`rsatkich qariyb 50 ming tonnadan iborat bo`lgan", - deydi axborot xizmati rahbari.

    Boshqa yangiliklar