AsosiyJamiyat

Harbiy xizmatga oid qonun hujjatlariga o`zgarishlar kiritiladi

'Harbiy xizmatga oid qonun hujjatlariga o`zgarishlar kiritiladi'ning rasmi

Bugun 3 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasining majlisi bo`lib o`tdi. Ushbu yig`ilishda Darakchi gazetasi muxbiri ishtirok etdi.

Majlisda o`rganish natijalari va tahlillar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oid qonun hujjatlarida tafovutlar mavjudligi, shuningdek, ushbu xizmatni tashkil etish va o`tash, chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fanini malakali o`qituvchilar bilan ta`minlash ta`kidlandi.  

Qonunchilikka ko`ra, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olinib, oylik harbiy yig`inlarni o`tagan (Vatanga qasamyod qabul qilgan) fuqarolar 27 yoshga to`lgunlariga qadar maqsadsiz ravishda SChR xizmatchilari harbiy hisobida turmoqda. Natijada Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o`tagan rezervchilar bilan o`z vaqtida harbiy tuzilmalarni kerakli mutaxassislar bilan sifatli butlash imkonini kechiktirilishiga sabab bo`lmoqda.  

Shuningdek, Qonunining 27-moddasida harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi belgilangan bo`lsa-da, ushbu moddada safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi keltirilmagan.  

Bundan tashqari, o`rganish jarayonida SChR batalonlari o`quv guruhlariga o`rtacha 36-42 nafardan SChR xizmatchilari va har bir guruhga 1 nafardan guruh komandiri (ofiser) biriktirilgan. Bu esa Batalon guruhi komandirlari ta`til, xizmat safari, davolanish va sutkalik naryadga tayinlanganda SChR xizmatchilariga mashg`ulotlarni o`tishda mashg`ulot rahbarlari etishmasligiga sabab bo`lmoqda.

Shunga ko`ra, harbiy xizmatga oid qonun hujjatlariga o`zgarishlar kiritilishi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar