AsosiyJamiyat

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonacida yangi bo`limlar ochiladi

'Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonacida yangi bo`limlar ochiladi'ning rasmi

O`zbekistonda epidemik vaziyat barqarorlashayotganligi munosabati bilan aholiga ko`rsatiladigan shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat sifat va samaradorligini oshirish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirining buyrug`i bilan 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch terapevtik yordamga muhtoj bemorlar hamda homiladorlar uchun bo`lim ochilishi tasdiqlandi. Bu haqda Sog`liqni Saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon kilingan shoshilinch xirugik yordamga  muhtoj bemorlar uchun bo`lim faoliyatini boshlashi ham belgilandi, deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar