AsosiyJamiyat

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi O`zbekistonga olib kelindi

'Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov 4 dekabr kuni Toshkentga koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi namunalarini shaxsan etkazib berdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, namunalar O`zbekiston hududida vaksinani ro`yxatdan o`tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun zarur bo`lgan sinovlar uchun O`zbekistonga etkazilgan.

Vaksinalarni O`zbekiston Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig`ining birinchi o`rinbosari Xolmamat Norboev qabul qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar