AsosiyJamiyat

Zangiotada shifoxonalarda ikkita yangi bo`lim ochiladi

'Zangiotada shifoxonalarda ikkita yangi bo`lim ochiladi'ning rasmi

O`zbekistonda epidemik vaziyat barqarorlashayotganligi munosabati bilan aholiga ko`rsatiladigan shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish ko`zda tutilgan.

Shu maqsadida sog`liqni saqlash vazirining buyrug`i bilan Zangiota tumanidagi 1- yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch terapevtik yordamga muhtoj bemorlar hamda homiladorlar uchun bo`lim ochiladi, deb yozmoqda Toshkent viloyati hokimligining rasmiy telegram kanali.

Xabarda aytilishicha, Zangiota tumanidagi 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch jarrohlik yordamiga muhtoj bemorlar uchun ham alohida bo`lim faoliyat boshlashi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar