Sergelida yil oxiriga qadar er usti metrosi ochiladi. Bu haqida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent Metallurgiya zvodi ochilish marosimida e`lon qildi.
– Eslaringizda bo`lsa, biz koronavirus pandemiyasidan kuchli, qudratli bo`lib chiqamiz, deb maqsad qo`ygan edik. Bugun bu murakkab yil yakuniga etayotganda aytishimiz mumkinki, barcha sa`y-harakatlarimiz ijobiy natijasini beryapti. Ko`ryapsizlar, dunyoda nima bo`lyaptiyu, O`zbekistonda nima bo`lyapti. Xudo xohlasa, shu oyning oxirida metropolitenning Sergeli yo`nalishini ham ochilishini ta`minlaymiz. Ilohim, mana shunday yaxshi kunlarimiz ko`p bo`lsin, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Undan tashqari Shavkat Mirziyoev Yangi hayot mahallasi va Sergeli aholisi uchun yaratilayotgan boshqa qulayliklar, er osti va er usti o`tkazgichlari, ijtimoiy ob`ektlar va ish o`rinlarini mujassam qilgan urbanizasiya jarayonlari haqida aytib berdi.






