AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi tabiiy gaz bilan bog`liq muammolarga qurilayotgan yangi uylar sabab bo`lyaptimi? Rasmiylar izohlashdi

'Poytaxtdagi tabiiy gaz bilan bog`liq muammolarga qurilayotgan yangi uylar sabab bo`lyaptimi? Rasmiylar izohlashdi'ning rasmi

Internet nashrlarida tabiiy gaz bilan bog`liq muammolarga Toshkentda qurilayotgan yangi turar joy binolar sabab bo`layotgani aytilgan ma`lumotlar tarqaldi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filialining ma`lum qilishicha, Toshkent shahri aholisiga tabiiy gaz “O`ztransgaz” AJga qarashli “Toshkent magistral gaz quvurlari” boshqarmasi tasarrufidagi 3 ta “Janubiy G`arbiy”, “Sharqiy-2” va “Bektemir” gaz taqsimlash stansiyalari orqali  etkazib beriladi. 

Respublika hududida, shu jumladan Toshkent shahrida ham havo harorati keskin pasayishi natijasida, tabiiy gazga bo`lgan ehtiyoj yanada ortgan va gaz quvurlarida bosim kamayishiga sabab bo`lgan. 

Xabar berilishicha hozirda "Hududgazta'minot" AJ tarkibi kesimida tezkor avariya-ta`mirlash guruhlari tomonidan joylarda yuzaga keluvchi avariya yoki texnik nosozliklar bartaraf etilmoqda. 

Toshkent shahridagi yangi qurilgan turar-joy binolari hamda ob`ektlarning qurilishi joylarda tabiiy gazning bir me`yorda to`liq yonmaslik holatiga bog`liq emasligi ma`lum qilindi.

Tabiiy gaz bilan bog`liq murojaatlar bo`yicha “Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filialining “Call-markazi” ga (71) 253-60-65 telefon raqami yoki avariya dispetcherlik xizmatining “104”, (71) 255-44-27 yoki (71)255-44-29 raqamlariga qo`ng`iroq qilish so`ralmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar