Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova sohaga elektron tizimni tatbiq qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi. Bu haqda xs.uz nashri xabar bermoqda.
«Davlat dasturida sog`liqni saqlash tizimiga 25 ta band belgilangan. Shundan 8 tasida asosiy ijrochi sifatida, qolgan 17 tasida ham-ijrochi sifatida ishtirok etdik.
8 tadan 3 tasi to`liq bajarildi, qolgan 5 tasi yil yakuniga nihoyasiga etkaziladi», — dedi Bositxonova.
Tizimni elektronlashtirish maqsadida fuqarolarning yagona elektron tibbiy kartalari, tug`ilish va o`lim bo`yicha elektron ro`yxatlar joriy etilmoqda, deydi vazir o`rinbosari.






