AsosiyJamiyat

Gulnora Karimova sudda g`alaba qozondi. Unga 350 mln dollarlik aktivlar qaytariladimi?

'Gulnora Karimova sudda g`alaba qozondi. Unga 350 mln dollarlik aktivlar qaytariladimi?'ning rasmi

O`zbekiston birinchi prezidentining to`ng`ich qizi Gulnora Karimova Shveysariyada o`tgan sudda g`olib bo`ldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

3 dekabr kuni Shveysariyaning federal apellyasiya sudi Gulnora Karimova Gibraltarda ro`yxatdan o`tkazilgan Takilant Ltd. kompaniyasining qonuniy benefisiari ekanini tasdiqladi. Ushbu kompaniyaning Shveysariya banklari hisob-raqamidagi qariyb 350 million dollar miqdoridagi aktivlari 2018 yili qabul qilingan jinoyat ishi qarori bilan muzlatilgandi. Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo`yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin. 
«Bu Gulnora Karimovaning muhim g`alabasi, chunki federal prokuratura uning mol-mulkini musodara qilishni ta`minlashga urinib ko`rdi», — dedi uning advokati Gregori Manja.

    Boshqa yangiliklar