2020 yilning 3 dekabr kuni Urgut tumani A`lo xotin mahallasi hududidan o`tuvchi 4R50 avtomobil yo`lining 20 kilometrida Urgut tumani Algar mahallasida yashovchi 28 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Lasetti avtomobili bilan yo`lni kesib o`tayotgan 16 yoshli qizni urib yuborgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo`l transport hodisasi natijasida jabrlauvchi Urgut tuman Markaziy poliklinikasida vafot etgan.
Hodisaning kelib chiqishiga avtomobil yo`lining talablarga javob bermasligi, piyodalar o`tish yo`lining mavjud emasligi, marhum piyodaning yo`lning belgilanmagan hududida harakatlangani, shuningdek, haydovchining belgilangan tezlik(50km/s)dan yuqori tezlikda mashina boshqarganligi sabab qilib ko`rsatilmoqda.






