Joriy yilining noyabr oyida Prezident qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestasiya o`tkazildi. Bu haqda Er tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri xabar qilmoqda.
Natijalar tahlil qilinganda 24 % attestasiyadan o`tgan, ‼️15 % shartli o`tgan bo`lsa, 61 % rahbarlar attestasiyadan o`ta olmagani ma`lum bo`ldi.
3 dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestasiyadan o`tkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar e`lon qilib boriladi.
Shuningdek, kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko`ra joriy yilning 1 iyunidan 1 dekabriga qadar Agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida o`z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiiste`mol qilgan hamda aholiga xizmat ko`rsatishda sustkashlikka yo`l qo`ygan 850 dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.






