AsosiyJamiyat

Brayl alifbosida yana bir kitob nashrdan chiqdi

'Brayl alifbosida yana bir kitob nashrdan chiqdi'ning rasmi

“Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi qonun matni Brayl alifbosida kitob holida nashrdan chiqdi, deya ma`lum qiladi Inson huquqlari bo`yicha Milliy markaz.

"Yangi nashr ikki muhim sana, ya`ni 8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun va 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga munosib sovg`a bo`ldi", - deyiladi xabarda..

Ushbu rasmiy nashr Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosi doirasida Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi va “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan chop etildi. Bu ezgu ishda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi yaqindan yordam berdi.

“Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi qonunning qabul qilinishi nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, BMTning Nogironlar huquqlari to`g`risidagi konvensiyasining asosiy qoidalarini amalga oshirish sohasida zamonaviy uslublar va xalqaro standartlarni joriy etishga yordam beradi.

Shu ma`noda, Brayl alifbosida chop etilgan ushbu nashr yurtimizdagi nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash va amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Konstitusiyasi birinchi marta Brayl alifbosida kitob holida chop etilgani xabar berilgandi. 

    Boshqa yangiliklar