AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa`diev 80 yoshga to`ldi

'Bugun O`zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa`diev 80 yoshga to`ldi'ning rasmi

Ustoz san`atkor Xayrulla Sa`diev 1940 yil 6 dekabr Toshkentda tavallud topgan.

 Uzoq yillardan buyon kino va teatr aktyori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Xayrulla Sa`diev sahnada va ekranda bir qator esda qolarli rollar ijro qildi. Jumladan, "Ta`ziyadagi to`y", "Uchar otlar", "Oyqiz ertagi", «Arosat», «Shaytanat», «Chashma», "Yo`qolgan odam", "To`ylar muborak", «O`tov», "Iblis devori" kabi filmlardagi rollari bilan xalq e`tiboriga tushdi.  

U 1980 yil O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, 1990 yil O`zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan. 2005 yil esa "Mehnat shuhrati" ordenining sohibi bo`ldi.

 

 

    Boshqa yangiliklar