Toshkent shahar transport boshqarmasining ma`lum qilishicha, poytaxtdagi avtobus yo`nalishlari tarmog`ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2020 yilning 15 dekabr sanasidan № 26, 79, 83, 96, 112, 114, 148, 152, 184, 185 avtobus yo`nalishlari maqbullshtiriladi.
Ma`lum qilinishicha, bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo`lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 157-sonli qaroriga asosan Toshkentda avtobus yo`nalishlarining o`zaro harakat yo`nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida amalga oshirilgan.






