Bugungi kunda bir kishi boshqa odamga qarz berganda yoki biror narsani foydalanishga berib turganda, yollanma ishchilarni ishlatganda, shuningdek prokat va boshqa xizmatlarda fuqarolarning pasportini garovga olish holatlari uchrab turibdi. Bu borada qonunda javobgarlik belgilangan, deb yozmoqda Huquqiy axborot kanali.
Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo`yish yoki pasportlarni garovga olish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravaridan o`n besh baravarigacha (2 mln 230 ming so`mdan 3 mln 345 ming so`mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.






