Namangan shahar hokimligiga Abbosbek Sattarov matbuot kotibi etib tayinlandi. Ushbu xabarni Namangan viloyati hokimligi matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev tasdiqladi.
Abbosbek Sattarov 1996 yili Norin tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2019 yili Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2019 yilda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashida matbuot xizmati mutaxassisi sifatida boshlagan.
Hozirga qadar Namangan shahridagi 1-umumta`lim maktabida tarix fani o`qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abbosbek Sattarov Namangan shahar hokimi Olimjon Isaevning 2020 yil 4 dekabrdagi farmoyishi bilan shahar hokimligi axborot xizmati rahbari lavozimini egalladi.






