Bu jami budjet xarajatlarining qariyb 5 foizi hisoblanadi.
Mazkur mablag` nafaqalar, kam ta`minlangan oilalar va nogironligi bo`lganlarga yordam puli, ularning uy-joy kommunal to`lovlarini qoplab berish kabi xarajatlarga yo`naltiriladi.
Kelasi yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini 1,2 mln nafarga (bu joriy yilga nisbatan 2 baravar ko`p) etkazish rejalashtirilgan.
Bu haqida ijtimoiy himoya mavzusiga bag`ishlangan xalqaro davra suhbati ma`lumotlariga tayanib Xpress.uz yozdi.
2020 yilda davlat budjeti mablag`larining yarmidan ko`pi – 52,4 foizi ijtimoiy xarajatlarga ajratilgan. Nafaqalar, kam ta`minlargan oilalar uchun moddiy yordam va kompensasiya xarajatlari jami 8,5 trln so`mni tashkil qilgan.






