AsosiyJamiyat

Namanganda sodir bo`lgan YTHlar piyodalar jabrlanishiga sabab bo`ldi

'Namanganda sodir bo`lgan YTHlar piyodalar jabrlanishiga sabab bo`ldi'ning rasmi

24 noyabr kuni soat 18:20 larda Norin tumani Cho`ja-Haqqulobod yo`lining 11-km.da "VAZ-21011" rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi orqali boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" rusumli avtomashinasiga borib urilgan.

Natijada, ikki avtomashina haydovchilari ham tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko`ra, ushbu holat bo`yicha Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 4 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

24 noyabr kuni soat 14:20 larda esa Namangan-Toshbuloq-Shahand yo`lining 18-km.da "Neksiya" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "Damas" rusumli avtomashinaga borib urilgan.

Natijada, "Damas" rusumli avtomashina haydovchisining ikkala oyoq tizza qopqog`i va yuqori jag` oldingi 1-2-tishlari, pastdan 3-4-tishlar sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha To`raqo`rg`on tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 4 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

4 dekabr kuni soat 17:45 larda Pop tumani Qo`shtepa-Mingbuloq yo`lining 77-km.da "Neksiya" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`l chetida harakatlanib ketayotgan 11 yoshli velosipedchini urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi bosh miya yopiq shikasti, o`ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

21 noyabr kuni soat 20:30larda Chortoq tumani Jiydakapa-Uychi-Chortoq-Yangiqo`rg`on-Zarkent yo`lining 17-km.da "Neksiya" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 4 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar