AQShlik milliarder, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning so`zlariga ko`ra, pandemiyadan keyin dunyo keskin o`zgaradi.
Uning fikricha:
Raqamlashtirishning ayrim tendensiyalari, ayniqsa, onlayn ta`lim, teletibbiyot va masofadan turib ishlash hayotning ajralmas qismiga aylanadi.
Koronavirusdan keyingi dunyoda xizmat safarlari 50 foizdan ko`proqqa, ofislardagi ish vaqti esa kamida 30 foizga kamayadi.
Onlayn uchrashuvlar hamda onlayn tadbirlar odatiy holga aylanadi.
Hayotning ko`p qirralari virtual olamga o`tishi bois ish tufayli katta shaharlarda yashashga hojat qolmaydi.
Albatta, vaksina yaqin kelajakda koronavirus pandemiyasiga nuqta qo`yadi, ammo undan keyingi hayot o`zgarishiga shubhamiz yo`q.






