Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreysus: "Koronavirusga qarshi vaksinalarning natijasi yaxshi bo`layotgani dunyo koronavirus pandemiyasining tugashi haqida orzu qilishni boshlashi mumkinligini anglatadi", dedi. Shuningdek, Gebreysus jahonning kuchli mamlakatlari qashshoq mamlakatlarni vaksina bo`yicha og`ir ahvolga solib qo`ymasligi kerakligini ham ta`kidladi.
Tedros Adhanom Gebreysus juma kuni bo`lib o`tgan BMT Bosh assambleyasining pandemiya bo`yicha birinchi yuqori darajadagi sessiyasida qilgan murojaatida virusni to`xtatish mumkinligini, ammo, oldindagi yo`l xavfliligicha qolayotganini aytgan.
“Pandemiya odamzotga eng yaxshi va eng yomon holatlarni ko`rsatib berdi. Bu davrda odamlar mehr-shafqat, birdamlik xususiyatlarini namoyish qilishdi, ilm-fan va innovasiyada hayratlanarli yutuqlarga erishildi. Ammo, faqatgina o`z manfaatini ko`zlash kabi illatlar ham yuzaga chiqdi” deydi Gebreysus.
U vaksinalar haqida gapirar ekan jahon “tunnel oxiridagi yorug`likka tobora yaqinlashayotganini”, ammo, vaksinalar butun dunyo aholisining mulki sifatida barchaga teng taqsimlanishi kerakligini, agar ularga muayyan bir davlatning mulki sifatida qaralsa, mamlakatlar o`rtasidagi notenglik yanada kuchayishi mumkinligini ta`kidlagan.






