AsosiyJamiyat

Navoiyda 33 yoshli erkak qo`shnisi bo`lgan 72 yoshli onaxonni qattiq kaltakladi

'Navoiyda 33 yoshli erkak qo`shnisi bo`lgan 72 yoshli onaxonni qattiq kaltakladi'ning rasmi

Joriy yilning noyabr oyi oxirlarida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida  1987 yilda tug`ilgan "qaxramon"imiz  (F.I.Sh o`zgartirilgan) Toirov Tolmasjon mast holda, o`zaro kelishmovchilik natijasida, qo`shnisi 1948 yilda tug`ilgan  (F.I.Sh o`zgartirilgan) Berdieva Mexrigulni yashash hovlisida urib, unga tan jarohati etkazadi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati  xabar berdi.

 U hozirda Xatirchi tumani A.Temur maxallasida yashaydi, shu yoshga kirgunga qadar biron kasbni boshini tutmagan, xanuzgacha ishsiz. 

Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasining ma`lumotnomasiga ko`ra, Berdieva Mexrigulga “o`rtacha og`irlikdagi tan jarohati” etkazganligi ma`lum bo`ldi. Mazkur holat yuzasidan T.Toirovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar